Meksika Prezidenti mamlakatdagi elektr uzilishlarini rekord darajadagi issiq havo bilan izohladi

Olam

image

Kecha, 7 may kuni Meksikada elektr ta’minotidagi keng tarqalgan uzilishlar mamlakatda kuzatilayotgan rekord darajadagi yuqori harorat bilan bog‘liq. Bu haqda Respublika Prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador matbuot anjumani chog‘ida ma’lum qildi.

"Kechagi elektr energiyasidagi uzilishlar birinchi navbatda butun mamlakat bo‘ylab juda kuchli jazirama bo‘lgani uchun sodir bo‘ldi. Bu yerda, Mexiko shahrida havo harorati 33 darajaga yetdi", degan Meksika rahbari.

 

Lopes Obradorning tushuntirishicha, elektr energiyasini taqsimlash uchun mas’ul bo‘lgan Milliy energiya nazorati markazi (Cenase) signalizatsiya tizimlariga ega va elektr uzilishlari qisqa vaqt ichida butun mamlakat bo‘ylab sodir bo‘lmagan.

"Yaxshiyamki, butun elektr energetika tizimi qayta tiklandi, ammo biz bu alohida vaziyatda juda ehtiyot bo‘lamiz. Men odamlarga aytishim kerakki, bizda [yuqori haroratga] qaramay, energiya ishlab chiqarish imkoniyati bor, menimcha, bu kutilmagan narsa edi ", deydi Prezident.

Milliy energiya nazorati markazining ta’kidlashicha, 7 may kuni to‘rt soat davomida Meksikaning energiya tizimi “favqulodda ish holatida” bo‘lib, mahalliy elektr ta’minotida iste’molchilarga uzilishlar kuzatilgan. Meksika Milliy meteorologiya xizmatining xabar berishicha, mamlakat poytaxtida 7 maydagi havo haroratining mutlaq rekordi yangilangan. Mexiko shahridagi Tacubaya ob-havo stantsiyasida termometrlar Selsiy bo‘yicha 33,4 darajani qayd etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Meksika Andres Manuel'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made