Medvedevning Vkontakte sahifasida Rossiyaning bosqinchilik rejalari haqida post tarqalib ketdi
Olam
−
02 avgust 2022
21990Bugun, 2 avgust kuni kechasi Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi rahbari o‘rinbosari Dmitriy Medvedevning “VKontakte” sahifasida RF chegaralarini tiklash va qo‘shni davlatlar haqida fikr yuritilgan post paydo bo‘ldi.
10 daqiqa ichida o‘chirilgan yozuvga Kseniya Sobchak e’tibor qaratgan va u xabarning skrinshotlarini e’lon qildi. Medvedev bu postni rostdan yozganmi yoki uning sahifasini buzishganmi, noma’lum. Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik Kengashi rahbari o‘rinbosari bu haqda hozircha izoh bermagan.
Xabarda aytilishicha, “Kiyev va Kichik Rossiyaning barcha hududlari millatchilardan ozod qilinganidan keyin Rus diyori yana birlashadi”.
“Biz Vatanimiz chegaralarini tiklash bo‘yicha navbatdagi yurishga boramiz, siz bilganingizdek, bu hech qayerda tugamaydi”, deb yozadi post muallifi.
Nashrning ta’kidlashicha, 1801 yilgacha Gruziya kabi davlat mavjud bo‘lmagan va u faqat Rossiya imperiyasi chegaralarida paydo bo‘lgan.
“Shimoliy va Janubiy Osetiya, Abxaziya va Gruziyaning qolgan hududlari faqat Rossiya bilan yagona davlatning bir qismi sifatida birlashtirilishi mumkin”, deya fikr bildirgan muallif.
Postda Qozog‘iston haqida ham bir necha so‘z bor: bu “sun’iy davlat” va “sobiq Rossiya hududlaridir” va mamlakat hukumati “rus genotsidi sifatida tasniflanishi mumkin bo‘lgan” turli etnik guruhlarni ko‘chirmoqda.
“Biz bunga ko‘z yummoqchi emasmiz. Ruslar u yerga kelmaguncha, hech qanday tartib bo‘lmaydi”, deb tugatiladi xabar.
LiveBarchasi