Medvedev Zelenskiyni yakunda nima kutayotganini aytdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy uchun yo‘lning oxirida tribunal bor yoki u hajviy shoularga qaytadi. Rossiya Xavfsizlik Kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev shunday fikr bildirdi.

U jurnalist Nadana Fridrixsonga Zelenskiyga oxirida nima bo‘lishini so‘raganida, “Tribunal yoki hajviy shousidagi ikkinchi darajali rollarga qaytish”, degan Medvedev.

Siyosatchi ayirmachilar nazoratidagi hududga safariga izoh berib, u jangovar harakatlar zonasiga borishdan qo‘rqmaganini aytgan. “Bizdan qo‘rqishsin”, degan u.

Medvedev LXRga safari davomida hudud rahbari Leonid Pasechnik va DXR yetakchisi Denis Pushilin bilan uchrashdi. Shuningdek, siyosatchi DXR va LXRda ustuvor xavfsizlik choralari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgan. Unda RF bosh prokurori Igor Krasnov, Rossiya Prezidenti administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Sergey Kiriyenko IIV rahbari Vladimir Kolokolsev, Qurilish vaziri Irek Fayzullin, FXX direktori Aleksandr Bortnikov, Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin ishtirok etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Dmitriy Medvedev Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

1069

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing