Medvedev 30 ming migrant Rossiyaga noqonuniy kirishga uringanini aytdi
Olam
−
18 iyul 5358 1 daqiqa
2024 yilning 1 dekabridan buyon Rossiyaga soxta hujjatlar bilan kirishga uringan va kirishi cheklangan taxminan 30 ming xorijiy fuqaro aniqlandi. Bu haqda kecha, 17 iyul kuni Rossiya Xavfsizlik Kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev idoralararo komissiya yig‘ilishida ma’lum qildi.
Uchrashuvda xorijiy fuqarolarning kirish-chiqishiga doir yangi tartiblarning sinovi muhokama qilingan.
“Eksperiment boshlanganidan beri real vaqt rejimida 4 milliondan ortiq xorijliklarning biometrik ma’lumotlari yig‘ildi va tekshirildi”, degan Medvedev.
Unga ko‘ra, ushbu tekshirilgan fuqarolardan 30 mingdan ortig‘i noqonuniy ravishda Rossiyaga kirmoqchi bo‘lgan.
“30 mingdan ortiq shaxs aniqlanib, ularning soxta hujjatlar taqdim etgani, kirish taqiqlari borligi yoki qidiruvda ekani ma’lum bo‘ldi”, degan Xavfsizlik Kengashi raisining o‘rinbosari.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Kaliningrad viloyatida hujjatlarni soxtalashtirib, 110 nafar migrantni noqonuniy ro‘yxatga qo‘ygan o‘zbekistonliklarga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.
Live
BarchasiAkademik Abdulla Ubaydullayev vafot etdi
12 dekabr