“Mehr-3” operatsiyasi: Suriyadan 100 ga yaqin o‘zbekistonlik qaytarildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bevosita nazorati ostida bugun, 8 dekabr kuni "Mehr" operatsiyasining navbatdagi bosqichi amalga oshirildi.

Suriyaning jangovar harakatlari olib borilayotgan hududlaridan 98 nafar O‘zbekiston fuqarosi, ya’ni 25 nafar ayollar va 73 nafar bolalar Vatanga qaytarildi. Begunoh bolalarning 14 nafari chin yetimlardir. 

Bu insonlar endilikda barcha qulayliklarga ega bo‘lgan sog‘lomlashtirish muassasalariga joylashtirilib, issiq ovqat va kiyim kechak bilan ta’minlanadi. Mutaxassislar tomonidan tibbiy va psixologik yordamlar ko‘rsatiladi.

Shuningdek, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha ham tegishli ishlar amalga oshiriladi.

Kelgusida esa ularning tinch hayotga qaytib, jamiyatga to‘laqonli ijtimoiy moslashuvi uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston “Mehr-1” va “Mehr-2” insonparvarlik aksiyalarini o‘tkazgan, buning natijasida 220 nafar ayol va bola Yaqin Sharqdagi mojaro hududlaridan mamlakatga qaytarilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Mehr operatsiyasi

Baholaganlar

371

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing