Iroqdan 32 nafar bola maxsus reys bilan qaytarildi
Jamiyat
−
19 noyabr 2019
7323Kecha, 18 noyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Iroqning Bag‘dod shahridan ISHID terroristik tashkiloti a’zolarining 32 nafar farzandi olib kelindi. Bolalar Favqulodda vaziyatlar vazirligining maxsus reysi bilan mamlakatga qaytarilgan. Bolalarning yoshi 1-3 yosh oralig‘ida.
Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, bolakaylar Bolalar salomatligi milliy tibbiyot ilmiy-tadqiqot markaziga joylashtirilgan.
Rossiya Prezidenti huzuridagi bola huquqlari bo‘yicha ombudsmen Anna Kuznetsova jurnalistlarga keyinchalik bolalar Rossiyaning 13 ta mintaqasiga qarindoshlarining oldiga yuborilishini aytdi.
Bugungi kunda Iroqda topilgan voyaga yetmagan 122 nafar bola olib kelingan. Ular orasida 1 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar bor.
Anna Kuznetsovaning so‘zlariga ko‘ra, Suriyadagi qamoqxona va lagerlarda yana qariyb 150 nafar bola bo‘lishi mumkin. Ulardan 49 nafarining DNK tahlili Rossiya fuqarolari bilan qarindoshlik aloqalari borligini tasdiqlagan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning may va oktyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning maxsus topshirig‘i bilan mutlaqo mahfiy bo‘lgan “Mehr” operatsiyasi amalga oshirildi. May oyida Yaqin Sharqdagi qurolli to‘qnashuvlar hududidan 156 nafar ayollar va bolalar O‘zbekistonga olib kelindi. Operatsiyaning davomida esa 64 nafar bolalar O‘zbekistonga qaytarildi.
LiveBarchasi