Mehnat migrantlari manfaati qonuniylashtirilmoqda
Jamiyat
−
22 Oktabr 2019
4547O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bugun, 22 oktyabrdagi majlisida yangi tahrirdagi “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.
Qonun loyihasi Parlament quyi palatasiga kelib tushganidan beri mas’ul qo‘mitaga uni joylarda xalq, jamoatchilik, mutaxassislar, ekspertlar o‘rtasida keng muhokamadan o‘tkazish vazifasi topshirildi. Loyiha siyosiy partiyalar fraksiyalarida har tomonlama muhokama qilindi.
Qayd etilganidek, Davlat rahbarining shu yilning 17 yanvardagi Farmoniga asosan ishlab chiqilgan ushbu loyihaning yaratilishiga bir nechta ob’ektiv sabablar turtki bo‘lgan. 1998 yilda qabul qilingan amaldagi qonun mehnat bozorining hozirgi holati va voqelikni aks ettirmasligi aytiladi. Mehnat va bandlik sohasidagi mavjud muammolarni, dolzarb masalalarni hal qilishga qaratilgan amaldagi normalar qariyb yaroqsiz holga kelgan.
Qolaversa, mehnat bozorini tartibga solishning yangi vositalari, xususan, tadbirkorlikni rag‘batlantirish, o‘zini o‘zi band qilish, shaxsiy tomorqa uchastkalarini rivojlantirish va ishsizlarni kasb-hunarga qayta o‘qitish, ish stajini hisobga olishda yangi axborot tizimlaridan foydalanish kabilar borasida qonunchilik real hayotdan ortda qolayotgan edi.
Qonunda bandlik sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishning moliyaviy vositalari hisoblangan Jamoat ishlari jamg‘armasi, Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolar huquqlari va manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi kabi tuzilmalar faoliyati aniq-tiniq belgilab berilmoqda.
Mazkur qonun loyihasining asosiy xususiyati va ajralib turadigan jihati, u to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi normalardan tashkil topgan. Ya’ni, loyiha 3 ta qonun, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 12 ta farmon va qarorida, Vazirlar Mahkamasining bandlik va mehnat bozorini tartibga solish, mehnat migratsiyasini tashkil etish bo‘yicha qabul qilingan 40 dan ziyod me’yoriy hujjatlarida ko‘zda tutilgan huquqiy normalarni o‘zida jamlagan.
LiveBarchasi
Dollar kursi biroz pastladi.
04 dekabr