Facebook foydalanuvchilar faoliyatini kuzatib borishini tan oldi
Texnologiya
−
29 yanvar 2020
4886Facebook kompaniyasi foydalanuvchilari internetda nima ish qilayotganini kuzatishini tan oldi. Bu haqda ularning korporativ saytida ma’lum qilingan.
Kompaniyada ta’kidlanganidek, Facebook biznes uchun turli vositalardan foydalanadi va ijtimoiy tarmoqlarga kirmaydigan, ammo boshqa internet-resurslardan foydalanadiganlarning faoliyatini tahlil qiladi. Asosan, biror bir buyumni qidirish, uni savatchaga qo‘shish, sotib olish, shuningdek, xayr-ehson qilish kabi ishlar tahlil etib boriladi.
“Bizning kelgusi o‘n yillikdagi asosiy maqsadlarimizdan biri — barcha uchun Facebook’da maxfiylikni himoya qilishni kuchaytirish”, deb tushuntiriladi kompaniya ma’lumotida.
Tasdiqlanishicha, foydalanuvchilar buning yordamida kompaniyaga taqdim etgan ma’lumotlarini mustaqil boshqarishlari mumkin bo‘ladi: masalan, tarixni tozalash va hokazo.
“Keyingi haftalarda butun dunyo bo‘ylab 2 milliardga yaqin foydalanuvchiga maxfiylik sozlamalarini tekshirib ko‘rishlari haqida taklif jo‘natamiz. Taklif yangiliklar tasmasida ko‘rinadi”, deyiladi ma’lumotda.
LiveBarchasi