MDH yetakchilari Ermitajda (video)
Olam
−
22 dekabr 2458 1 daqiqa
Bugun, 22 dekabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) ishtirokchi davlatlari rahbarlari Rossiyaning Sank-Peterburg shahridagi Ermitaj muzeyida norasmiy sammit o‘tkazmoqda.
Sammitdan oldin yetakchilar muzeyni tomosha qildi. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mavqedoshlariga Ermitaj haqida ma’lumot berayapti.
U bilan birga muzeyni Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomosha qildi.
MDH norasmiy sammiti rasman boshlandi. MDH liderlarining norasmiy uchrashuvi Ermitajning Georgiyev zalida bo‘lib o‘tmoqda.
Live
BarchasiPutin Imomali Rahmonga ta’ziya bildirdi.
22 dekabr