MDH va Afg‘oniston chegara xizmati rahbarlari O‘zbekistonda yig‘iladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda Markaziy Osiyo, Rossiya va Afg‘oniston chegara xizmati rahbarlari beshinchi yig‘ilishi 2020 yil martda o‘tkaziladi. Bu haqda jurnalistlarga MDH chegara qo‘shinlari kengashi muvofiqlashtirish xizmati (CHQKMX) raisi Aleksandr Manilov ma’lum qildi, deb yozmoqda Sputnik. 

Manilov Toshkentda chorshanba kuni ochilgan SHHT mintaqaviy aksilterrorchilik ilmiy-amaliy konferensiya CHQKMX delegatsiyaga rahbarlik qildi.   

“Markaziy Osiyo mintaqasi MDH davlat chegara xizmati rahbarlari ishtirokida 2020 yil martda O‘zbekistonda yig‘ilish o‘tkaziladi. Shuningdek u yerga Afg‘oniston chegara idorasi vakillarni taklif qilish rejalashtirilmoqda”, deydi Manilov.

O‘tgan yig‘ilish Dushanbeda joriy yilning fevral oyida o‘tkazilgan.

Uning ta’kidlashicha, o‘tgan yil davomida terrorizm tahdidi bilan bog‘liq dinamika katta o‘zgarishlarga duch kelmadi.

“Aksincha, tashvish uyg‘otadigan omillar mavjud, ayniqsa afg‘on yo‘nalishida”, deb ta’kidladi Manilov.

Shuningdek, Afg‘oniston masalasi 2020 yil aprel oyida Armanistonda MDH chegara idoralari rahbarlari yig‘ilishida ham ko‘rib chiqiladi.

“Afg‘onistonning shimoliy viloyatlarida jangarilarning katta guruhi qo‘nim topgan. Bu xavf tug‘dirmoqda, ayniqsa, MDH davlatlariga. Tojikiston, Turmaniston, O‘zbekiston yo‘nalishida”, deb qo‘shimcha qiladi Manilov.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda yettinchi SHHT RATS ilmiy-amaliy konferensiya o‘tmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Aleksandr Manilov mintaqaviy aksilterrorchilik

Baholaganlar

47

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing