MDH o‘yinlarining ilk kunida O‘zbekiston 5 ta medalni qo‘lga kiritdi

Sport

image

Kecha, 3 avgust kuni O‘zbekiston terma jamoasi vakillari Rossiyaning Qozon shahrida MDH o‘yinlarining 5 ta medaliga sazovor bo‘ldi.

E’tiborlisi, shohsupaga ko‘tarilgan sportchilarning barchasi yunon-rum kurashi ustalaridir. Jumladan, Murodjon Alimjonov (-77 kg) va Muhammadqodir Rasulov (-82 kg) kumush medalga sazovor bo‘ldi. Abror Otaboyev (-63 kg), Jamol Jumaboyev (-72 kg) va Temurbek Nasimov (-130 kg) bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Qayd etish kerakki, MDH o‘yinlarining rasmiy ochilish marosimi bugun, 4 sentyabr kuni MDH o‘yinlarining ochilish marosimi o‘tkaziladi. 

Ma’lumot uchun, birinchi MDH o‘yinlari dasturidan sportning 16 ta turi, ya’ni boks, stol tennisi, erkin va yunon-rum kurashi, belbog‘li kurash, sambo, dzyudo, muay-tay, karate, basketbol, o‘q otish, badminton, futbol, raqs sporti va badiiy gimnastika o‘rin olgan bo‘lib, ishtirokchilar 182 ta medallar jamlanmasi uchun kurashadi. Bahslarni 400 nafar hakam boshqarib borsa, o‘yinlarning xavfsiz o‘tishini ta’minlash uchun 10 000 nafar ko‘ngillilar jalb etilishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston terma jamoasi MDH o'yinlari Murodjon Alimjonov Muhammadqodir Rasulov Jamol Jumaboev Abror Otaboev Temurbek Nasimov

Baholaganlar

115

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing