MDH o‘yinlari g‘olibi bo‘lgan o‘zbekistonlik sportchida doping aniqlandi

Sport

image

Joriy yilning sentyabr oyida Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida o‘tkazilgan birinchi MDH o‘yinlarida ishtirok etgan muay-tay terma jamoasi a’zosi Faxriddin Hasanovdan olingan doping-sinama natijasiga ko‘ra,  uning tanasidan taqiqlangan modda aniqlangan.

Musobaqa jarayonida topshirgan doping-sinamada topilgan “meldoniy” (meldonium) taqiqlangan moddalar ro‘yxatining “S 4. Gormonlar va metabolizm modulyatorlari” sinfiga mansub hisoblanadi.

 “Butunjahon antidoping agentligining (WADA) xalqaro test o‘tkazish va tergov-surishtiruv bo‘yicha standarti talablariga asosan Faxriddin Hasanov joriy yilning 8 oktyabridan boshlab mazkur holat Rossiya antidoping agentligi (RusADA) tomonidan to‘liq o‘rganilib, tegishli qaror chiqarilmaguncha sportdan chetlashtiriladi. Antidoping qoidalarini buzgan sportchilar, murabbiylar, shifokorlar va boshqa shaxsiy tarkib vakillari uchun jazo muqarrardir!” deyiladi O‘zbekiston milliy anti-doping agentligi bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, Hasanov MDH o‘yinlarida 57 kg vazn toifasida ishtirok etgan va oltin medalga sazovor bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Doping MDH o'yinlari UzNADA Wada RusADA Muay tay

Baholaganlar

22

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing