O‘zbekistonlik sportchi 2025 yilgacha barcha musobaqalardan chetlatildi

Sport

image

Avvalroq, joriy yilning sentyabr oyida Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida o‘tkazilgan I MDH o‘yinlarida ishtirok etgan Muay-tay sport turi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoa a’zosi Faxriddin Hasanovdan olingan doping-sinamasida taqiqlangan modda aniqlanganligi haqida xabar bergan edik.

Rossiya antidoping agentligi (RusADA) axloq komissiyasining 8 dekabrdagi qaroriga ko‘ra, Faxriddin Hasanov antidoping qoidalarini buzganlikda aybdor, deb topilib, jazo chorasi sifatida 4 yil muddatga barcha musobaqalardan chetlatildi. Diskvalifikatsiya muddati 2021 yil 8 oktyabrdan boshlab 2025 yil 7 oktyabrga qadar davom etadi. 

Ushbu musobaqada 57 kg vazn toifasida ishtirok etgan sportchi Faxriddin Hasanov oltin medalga sazovor bo‘lgan edi. Joriy yilning 8 sentyabr kuni musobaqa jarayonida topshirgan doping-sinamasidan “meldoniy” taqiqlangan moddasi aniqlangan. “Meldonium” taqiqlangan moddalar ro‘yxatining S4. Gormonlar va metabolizm modulyatorlari sinfiga mansub hisoblanadi.

Butunjahon antidoping agentligining (WADA) Xalqaro testlash va tergov-surishtiruv bo‘yicha standarti talablariga asosan, F.Hasanov joriy yilning 8 oktyabridan boshlab mazkur holat Rossiya antidoping agentligi (RusADA) tomonidan to‘liq o‘rganilishi va tegishli qaror chiqarilgunga qadar sport faoliyatidan vaqtincha chetlashtirilgan edi.

“Antidoping qoidalarini buzgan sportchilar, murabbiylar, shifokorlar va boshqa shaxsiy tarkib vakillari uchun jazo muqarrardir!” deyiladi O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi (UzNADA) bayonotida.

Ma’lumot uchun, diskvalifikatsiya davomida sportchi terma jamoa bilan birgalikda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida hamda musobaqalarda ishtirok etish huquqidan mahrum bo‘ladi. Sportchining oltin medali belgilangan tartibda musodara etiladi, to‘plagan reyting ballari bekor qilinadi va egallagan 1-pog‘onasi 2-o‘rindagi sportchiga taqdim etiladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

UzNADA Faxriddin Hasanov Antidoping

Baholaganlar

42

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing