MDH sammitida Lukashenko Mirziyoyevga kutilmagan taklif bildirdi

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, bugun, 18 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining videoanjuman shaklidagi sammiti o‘tkazildi.

Sammitda nutq so‘zlagan Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko O‘zbekistonni yana bir yilga tashkilotga rais sifatida qoldirish yaxshi bo‘lishini aytib, Shavkat Mirziyoyev bildirgan takliflarni ma’qulladi.

“Men O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Miromonovichning dokladini diqqat bilan eshitdim. Uning dokladi hamma narsani qamrab oldi va aytilgan takliflarni hayotga tatbiq etish uchun uni yana bir yilga raislikda qoldirish mumkin bo‘lganda edi, deb o‘yladim. Agar u qarshi bo‘lmasa, biz kelgusi yili uning takliflarini amalga oshiramiz. Bu takliflar juda muhim va aqlli”, degan Lukashenko.

Prezident Shavkat Mirziyoyev buni qo‘llab-quvvatlab, O‘zbekiston kelgusi yili MDHda hamrais bo‘lishini va barcha takliflar birgalikda amalga oshirilishini aytdi. 2021 yilda MDHda Belarus Respublikasi rais bo‘ladi.

Sammitda Prezident Mirziyoyev MDH ishtirokchi-davlatlari rahbarlariga quyidagi takliflar bilan murojaat qildi:

•    MDH doirasida "Elektron savdoni" rivojlantirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi"ni qabul qilish;

•    Sanoat kooperatsiya kompleks dasturini ishlab chiqish – bunda gap agrosanoat sektori, avtomobilsozlik sohasi, elektrotexnika, yengil va oziq-ovqat sanoati, farmotsevtika va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikdagi klasterlarni tashkil etish xususida bormoqda;

•    Transport yo‘laklarining raqobatbardoshligini oshirish, texnik reglament va standartlarning o‘zaro uyg‘unligi, o‘zaro kelishilgan tarif siyosatini yuritish va o‘zaro imtiyozlar berilishi – transport sohasi oldida turgan muhim vazifalardir;

•    o‘zaro aviaparvozlarni imkon qadar qisqa vaqtlarda, barcha sanitar talablarga rioya qilingan holda qayta tiklash.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev MDH

Baholaganlar

1680

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing