MDH Ichki ishlar vazirlarining Toshkentda yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Jamiyat
−
01 iyun 2019
4928Toshkentda Мустақил Davlatlar Hamdo‘stligi Ichki ишлар vazirlari kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston va Turkmaniston Ichki ишлар vazirliklari, Armaniston Politsiyasi delegatsiyalari, shuningdek, Hamdo‘stlik hududida Uyushgan jinoyatchilik va boshqa xavfli turdagi jinoyatchilikka qarshi kurashishni muvofiqlashtirish bo‘yicha byuro, MDH Ijroiya qo‘mitasi va Aksilterror markazi vaкиллари иштирок etdi.
Majlisda O‘zbekiston ichki ишлар vaziri Po‘lat Bobojonov O‘zbekistonda xavfsizlikni ta’minlash, huquq-tartibotni mustahkamlash borasida Prezident rahbarligida amalga oshirilayotgan ишлар haqida so‘zladi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi joriy etilgani, jinoyatlarni jilovlashga qaratilgan amaliy choralar tufayli huquqbuzarlik va jinoyatlar keskin kamayganini qayd etdi.
Qatnashchilar Hamdo‘stlik mamlakatlari hududida tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda huquq-tartibot, xususan, ichki ишлар organlari va politsiya xizmati hamkorligi yo‘lga qo‘yilgani muhim o‘rin tutayotganini alohida ta’kidladi.
Majlisda bunday hamkorlikni har tomonlama takomillashtirish yuzasidan fikr almashilib, jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha davlatlararo dasturni amaliyotga joriy etishning ustuvor masalalarи ko‘rib chiqildi. Birgalikda o‘tkazilgan tezkor-profilaktik tadbirlar va maxsus operatsiyalar ижобий natijalar bergani qayd etildi.
Kengash a’zolari ichki ишлар vazirliklari va politsiya hamkorligiga oid konsepsiya hamda so‘rovnomalarni xalqaro nazorat ostida yetkazishning yagona tartibini муҳокама қилди va tasdiqladi.
Tomonlar Hamdo‘stlik hududida ijtimoiy xavfsizlik va baroqarorlikni mustahkamlash, qonun ustuvorligini ta’minlash yo‘lidagi o‘zaro hamkorlikka doir boshqa dolzarb masalalar yuzasidan ham atroflicha fikr almashdi.
Majlis an’anaviy tarzda qizg‘in, konstruktiv va hamfikrlilik ruhida o‘tdi.