MDH davlatlari rahbarlari Ostonada uchrashadi
Olam
−
29 Sentabr 2022 14913 1 daqiqa
Ostona shahrida MDH davlatlari rahbarlarining “Markaziy Osiyo – Rossiya” formatidagi sammiti bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Qozog‘iston TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbir joriy yilning 14 oktyabr kuni Ostona shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Bir kun avval, 13 oktyabr kuni Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning VI sammiti boshlanadi, ertasi kuni esa MDH Davlat rahbarlari kengashining majlisi ham bo‘lib o‘tadi.
Umumiy kengashdan keyin “Markaziy Osiyo – Rossiya” formatidagi sammit o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, 2022 yilda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga raislik Qozog‘istonga o‘tgan.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr