MDH davlatlari orasida AQSH vizasi bo‘yicha rad javobi ko‘proq kimlarga beriladi?
Bu qiziq
−
30 may 2023
12715O‘zbekiston fuqarolari Amerika Qo‘shma Shtatlari vizasini rad etish foizi yuqoriroq bo‘lganlar safida ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Forbes.ru” nashri xabar berdi.
Keltirilishicha, 2022 yilda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining 47 foizi AQSH vizasini qo‘lga kirita olmagan. Bu boshqa qo‘shni davlatlarga qaraganda biroz pastroq. Xususan, Qozog‘iston fuqarolarining 44 foizi, Qirg‘iziston fuqarolarining 37,85 foizi vizani qo‘lga kirita olmagan. Biroq qo‘shni Tojikiston fuqarolarining nisbatan ko‘prog‘i, ya’ni 58 foizi viza olishda rad etilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, umumiy hisobda 2022 yilda Qo‘shma Shtatlarda chet elliklarga har xil turdagi vizalar berish sezilarli darajada o‘sgan. Jumladan, noimmigratsion vizalar (shu jumladan turistik, biznes va talaba vizalari) – bir yil oldingiga nisbatan 2,5 baravar ko‘proq. Shulardan 1 milliondan ortiq xorijliklar Green Card olgan.
Ta’kidlanishicha, 2022 yilda 10 420 nafar rossiyalik Amerika fuqaroligini olgan. Bu 10 yillik rekord hisoblanadi. Xususan, rossiyaliklar o‘tgan yili 97 ta investitsiya vizasini olgan bo‘lsa, 2021 yilda 9 ta va 2020 yilda 36 ta. Bundan tashqari, rossiyaliklar “lotereya vizalari” bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni egalladi. 2022 yilda 9 811 nafar rossiyalikka Green Card chiqqan, shundan 2 642 nafar fuqaroning vizasi tasdiqlangan. Umumiy hisobda, Rossiya fuqarolari yil davomida 4654 ta immigratsion va 42 770 ta noimmigratsion AQSH vizalari olgan. 2022 yilda Rossiya fuqarolari uchun turistik vizalar soni (B1 va B2 turi) 33 600 tani, rad etish darajasi esa 26,18 foizni tashkil etdi.
LiveBarchasi