MDH davlat rahbarlari sammitda qanday hujjatlarni imzoladilar?

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, bugun, 11 oktyabr kuni Turkmaniston poytaxti Ashxobodda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis yakunlari bo‘yicha davlat rahbarlari 7 ta qo‘shma hujjatni imzoladilar. 

Bular:

•    Ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan hukmlarni ijro etish to‘g‘risida Konvensiya;
•    2020 yilda MDHda raislik qilish haqida qaror;
•    MDH davlat rahbarlari navbatdagi Kengash yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi;
•    MDH ijroiya kotibiyati to‘g‘risidagi;
•    “MDHga a’zo davlatlarning strategik iqtisodiy hamkorligi to‘g‘risidagi deklaratsiya”;
•    “MDH davlatlari rahbarlarining Hamdo‘stlik davlatlari xalqlariga va jahon jamoatchiligiga 1941-1945 yillardagi Ulug‘ Vatan urushida Sovet xalqining G‘alabasining 75 yilligi munosabati bilan murojaatnoma”;
•    “2020-2022 yillarga mo‘ljallangan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlarning terrorizm va boshqa zo‘ravon ekstremizm ko‘rinishlariga qarshi kurashish dasturi to‘g‘risida”gi qarorlar qabul qilingan.

Yig‘ilish davomida Prezidentlar tomonidan MDH ijrochi kotibi Sergey Lebedevning vakolatlarini uch yilga uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Ma’lumot o‘rnida, 2020 yilda MDHga O‘zbekiston raislik qiladi. MDH davlat rahbarlari kengashining keyingi yig‘ilishi 2020 yil 16 oktyabrda Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Bbu haqda MDH davlat rahbarlari tor doirada bo‘lib o‘tgan yig‘ilish yakunlari bo‘yicha tegishli qaror qabul qilingan. 


Maqola muallifi

Teglar

MDH

Baholaganlar

33

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing