MCHJlarga obligatsiyalar chiqarish huquqi berildi
Jamiyat
−
23 iyul 2020
6785Kecha, 22 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunni imzoladi.
Hujjat bilan “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi va boshqa bir qator qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan.
Mazkur cheklovlar so‘nggi yillarda muomaladagi korporativ obligatsiyalar soni va hajmining keskin kamayishiga sabab bo‘ldi. Qonun bilan mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga obligatsiyalar chiqarish huquqi berildi.
Ushbu qonunning qabul qilinishi mamlakatda biznes yuritish muhitini yanada yaxshilash, respublika iqtisodiyotiga aholi va investorlar bo‘sh mablag‘larini keng va faol jalb qilish, shu tariqa real sektor korxonalarining davlat kafolati va bank kreditlariga bog‘liqligini kamaytirish (bank sektoriga yuk kamayadi), shuningdek, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirish imkonini beradi.
LiveBarchasi