Mbappening “Real”ga o‘tishi so‘roq ostida qoldi
Sport
−
06 fevral 2024 4661 1 daqiqa
PSJ hujumchisi Kilian Mbappening “Real”ga transferi barbod bo‘lishi mumkin. Bu haqda “The Independent” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, fransiyalik hujumchi faoliyatini “Real”da davom ettirishga qaror qilgani haqidagi ko‘plab xabarlar chiqqaniga qaramay, tomonlar shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelisha olmayapti. “Real Madrid”ning taklifi hozircha na futbolchini, na uning atrofidagilarni qanoatlantirdi.
Qayd etilishicha, “Liverpul” va “Arsenal” Mbappe atrofidagi vaziyatni kuzatmoqda.
Ma’lumot uchun, Mbappe 2018 yildan beri PSJda o‘ynab kelmoqda. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2024 yilgacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda Mbappe barcha musobaqalarda 28 ta o‘yinda qatnashib, 29 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025