Mbappening “Real”ga o‘tishi bo‘yicha tub burilish bo‘lishi mumkin

Sport

image

Ertaga, 28 fevral kuni Parijda Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron, Qatar Amiri Tamim bin Hamad Ol Soniy hamda PSJ futbolchisi Kilian Mbappe ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Unda Makron va Ol Soniy forvardni fikrini o‘zgartirish va “Real” variantni rad etish bo‘yicha muzokara o‘tkazadi. Bu haqda “L’Equipe” nashri xabar berdi.

Uchrashuvda PSJ prezidenti Nosir Al Helayfi ham ishtirok etadi va barcha rahbarlar Kilianni PSJ safida olib qolishga urinib ko‘radi. 

O‘tgan yili ham Mbappe “Real”ga o‘tmoqchi bo‘lganida xuddi shunday uchrashuv tashkil etilgandi va tadbirdan keyin futbolchi Parijda qolishga qaror qilgandi.  

25 yoshli Kilian Mbappe “Real” bilan shartnomaning yakuniy tafsilotlari bo‘yicha kelishib olgan. Shartnoma 2024 yil 1 iyuldan kuchga kirishi kutilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mbappening ukasi 17 yoshli Etan Mbappe ham “Real”ga o‘tishi mumkinligi xabar qilingandi. 

Kilian Mbappe va uning oilasi “Real”dan Etan bilan shartnoma imzolashni so‘radi va Madrid klubi rahbariyati kichik Mbappe transferiga rozi bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Kilian Mbappe Emmanuel' Makron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing