Mbappening “Real”ga o‘tgani haqida film ishlandi (video)
Sport
−
10 Iyun 2024 3810 1 daqiqa
Ispaniyaning “Marca” gazetasi Madridning “Real” klubi yangi futbolchisi fransiyalik Kilian Mbappega bag‘ishlangan hujjatli filmni taqdim etdi.
Film 20 daqiqadan sal ko‘proq davom etadi va “Bu kunni 7 yildan beri kutgan Mbappe” deb nomlanadi. Mini-filmda Mbappe va “Real Madrid” o‘rtasidagi muzokaralardagi muhim voqeliklar haqida so‘z ochilgan, shuningdek, o‘tgan yili “Real”ning Mbappe bilan muvaffaqiyatsiz yakunlangan kelishuvi tafsilotlari ochib berilgan.

Ma’lumot uchun, Mbappe 3 iyun kuni PSJni tark etib, “Real”ga erkin agent sifatida o‘tdi. O‘tgan mavsumda 25 yoshli hujumchi 48 uchrashuvda ishtirok etib, 44 gol urgan va 10 golga assistentlik qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Real” Mbappe transferidan qancha foyda qilishi xabar qilingandi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr