Mbappening “Real”da qaysi raqamda o‘ynashi aniq bo‘ldi

Sport

image

“Real” hujumchisi Kilian Mbappe yangi jamoasida 9-raqam ostida to‘p tepadi. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano o‘z X sahifasida ma’lum qildi. 

Manbaga ko‘ra, futbolchi “Real” rahbariyatidan kelgusi mavsum uchun 10-raqamni taqdim etishni so‘ramagan. Kilian kelasi mavsum uchun shartnomasini uzaytirgan yarim himoyachi va klub afsonasi Luka Modrichni hurmat qiladi.

Qayd etilishicha, 25 yoshli Mbappe “Real” bilan shartnoma tuzgani uchun 5 yilga 100 million yevro bonus oladi. Uning “qirollik klubi”dagi yillik maoshi esa 15 million yevroni tashkil etadi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu Mbappening yangi klubidagi faoliyatida omad tilagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Kilian Mbappe

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing