Mbappening erkaliklari ko‘paymoqda 

Sport

image

Kilian Mbappe PSJning yangi libosi taqdimotida ishtirok etmadi. Bu haqda futbol insayderi Fabritsio Romano o‘z X sahifasida ma’lum qildi. 

Manbaga ko‘ra, Mbappe iyun oyida klubni tark etadi, u “Real Madrid” futbolchisi bo‘lishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. 

Mbappe “Real” bilan 2029 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolashi kutilmoqda. Hujumchi jamoadoshlari va PSJ murabbiylar shtabiga joriy mavsum yakunida jamoani tark etishini aytdi. O‘z navbatida, “qaymoqranglilar” prezidenti Florentino Peres Karlo Anchelotti murabbiylar shtabiga Kilian “Real Madrid”ning yangi o‘yinchisi bo‘lishini ma’lum qildi.

Ayni damda futbolchining transfer qiymati 180 million yevroga baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq PSJ Mbappega Portugaliya chempionatidan o‘rinbosar topgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Kilian Mbappe

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made