Mbappega Angliyadan kutilmagan da’vogar paydo bo‘ldi

Sport

image

Angliyaning “Chelsi” klubi PSJ hujumchisi Kilian Mbappe uchun kurashga qo‘shildi. Bu haqda “Daily Record” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, London klubi 24 yoshli o‘yinchi uchun o‘z futbolchilaridan biri va qo‘shimcha to‘lov taklif qilmoqchi. “Chelsi” xo‘jayini Todd Bouli allaqachon PSJ prezidenti Nosir Al-Xelayfi bilan muzokaralarga kirishgan.

PSJ Mbappeni 2024 yilning yozida tekinga qo‘yib yubormaslik uchun shu yozda u bilan xayrlashmoqchi. Futbolchiga asosiy da’vogar sifatida Ispaniyaning “Real Madrid” klubi ko‘rsatilmoqda. Mbappega shuningdek, Saudiya klublaridan biri qiziqish bildirayotgan edi. Shunga qaramay, futbolchi Yaqin Sharqda o‘ynash niyatida emas. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq PSJ Mbappega narx belgilagani xabar qilingandi. Hujumchining onasi va agenti Faiza Lamari “Real Madrid” rahbarlarini parijliklar so‘ragan summa haqida xabardor qilgan. Madridliklar esa narxni tushmoqchi.


Maqola muallifi

Teglar

Kilian Mbappe PSJ Real Madrid

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing