Mbappedan poker: Fransiya va Belgiya JCHga yo‘l oldi

Sport

image

Kecha, 13 noyabr kuni Yevropa qit’asida 2022 yilgi Jahon chempionatining saralash uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. 

“D” guruhi peshqadami Fransiya terma jamoasi o‘z maydonida Qozog‘istonga imkoniyat qoldirmadi – 8:0. Ushbu g‘alabadan so‘ng, “xo‘rozlar” Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Ushbu uchrashuvda Kilian Mbappe poker qayd etgan bo‘lsa, Karim Benzema dublga erishdi. 

Fransiya 8:0 Qozog‘iston: 
Gollar: 1:0 – 6’ Mbappe, 2:0 – 12’ Mbappe, 3:0 – 32’ Mbappe, 4:0 – 55’ Benzema, 5:0 – 59’ Benzema, 6:0 – 75’ Rabo, 7:0 – 84’ penalti Grizmann, 8:0 – 87’ Mbappe.

“E” guruhida Belgiya terma jamoasi Estoniyani qabul qildi va ushbu bahsda ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Ushbu g‘alabadan so‘ng, Roberto Martines shogirdlari Jahon chempionat yo‘llanmasini naqd qildi.

Belgiya 3:1 Estoniya 
Gollar: 1:0 – 11’ Benteke, 2:0 – 53’ Karrasko, 2:1 – 70’ Sorga, 3:1 – 74’ Torgan Azar.

Guruhdagi ikkinchi o‘yinda Garet Beyl sardorligidagi Uels o‘z maydonida Belarus terma jamoasi ustidan g‘alaba qozonib, ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. 

Uels – Belarus 5:1
Gollar: 1:0 – 2’ Remzi, 2:0 – 20’ Uilyams, 3:0 – 50’ penalti Remzi, 4:0 – 77’ Devis, 4:1 – 87’ Konsevoy, 5:1 – 89’ Robert

“G” guruhida ishtirok etayotgan Niderlandiya terma jamoasi Chernogoriya bilan bahsning so‘nggi daqiqalarda tayyor g‘alabani qo‘ldan chiqardi. Agar ushbu bahsda “uchar gollandlar” g‘alaba qozonganida, mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritar edi.

Chernogoriya 2:2 Niderlandiya 
Gollar: 0:1 – 25’ penalti Depay, 0:2 – 54’ Depay, 1:2 – 82’ Vukotich, 2:2 – 86’ Vuynovich.

Shtefan Kuns bosh murabbiyligidagi Turkiya terma jamoasi Gibraltarni qabul qilib, yirik 6:0 hisobida g‘alabaga erishdi va ushbu guruhda ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Jahon chempionati yo‘llanmasi so‘nggi turda Niderlandiya, Norvegiya va Turkiya o‘rtasida kechadi.

Turkiya 6:0 Gibraltar
Gollar: 1:0 – 11’ Akturko‘g‘lu, 2:0 – 38’ Dervisho‘g‘lu, 3:0 – 41’ Dervisho‘g‘lu, 4:0 – 65’ Demiral, 5:0 – 81’ Dursun, 6:0 – 84’ Myuldyur
Shuningdek, Erling Xollandsiz Norvegiya terma jamoasi Latviyani yenga olmadi va guruhda uchinchi o‘ringa tushib qoldi. Jamoa so‘nggi turda Niderlandiya mehmoni bo‘ladi. 

Norvegiya – Latviya 0:0

Bugun, 14 noyabr kuni Portugaliya – Serbiya, Xorvatiya ؘ– Rossiya, Ispaniya – Shvetsiya o‘yinlari o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Mbappe Portugaliya JCh-2022 Bel'giya Benzema

Baholaganlar

20

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing