Mbappe yozda PSJdan ketmasa, yaxshigina daromad qiladi

Sport

image

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe yozgi transfer oynasidan keyin jamoada qolsa, u 90 million yevro bonus oladi. Bu haqda “RMC Sport” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Parij klubida Mbappening ketishi borasida hech qanday xavotir yo‘q. Fransuz futbolchisi PSJ loyihasining yo‘nalishidan juda mamnun va u ketish niyatida emas.

Mbappe PSJ bilan 2024/2025 yilgi mavsum uchun shartnomani avtomatik ravishda uzaytirish variantini faollashtirmayotgandi. O‘tgan yozda hujumchining “Real”ga o‘tishi mumkinligi haqida ko‘plab xabarlar tarqalgan edi.

24 yoshli fransiyalik futbolchi joriy mavsumda PSJ safida barcha turnirlarda 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 38 ta gol va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. “Transfermarkt” portaliga ko‘ra, futbolchining narxi 180 million yevroni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Kilian Mbappe PSJ

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing