Mbappe yanvardayoq PSJni tark etmoqchi – OAV
Sport
−
12 Oktabr 2022
7184Kilian Mbappe va PSJ klubi rahbariyati o‘rtasidagi munosabatlar butunlay buzilgan. Shu sababli 23 yoshli fransiyalik futbolchi jamoani tark etmoqchi. Bu haqda “Marsa” nashri yozmoqda.
Manbaning yozishicha, Mbappe uchun ortga yo‘l yo‘q. U joriy yilning may oyida PSJ bilan amaldagi shartnomasini uzaytirgan edi. Biroq Kilian iyul oyidayoq Parij klubini tark etish payiga tushib qolgan.
Parijliklar rahbariyati Kilianning ketishini tezlashtirmoqchi emas. Ammo klub rasmiylari iyul oyida Mbappeni “Real Madrid”dan boshqa har qanday jamoaga transfer qilishga tayyor bo‘lgan.
Amaldagi Jahon chempioniga o‘sha paytlarda faqatgina Angliyaning “Liverpul” klubi qiziqish bildirgan bo‘lishi mumkin. Xaridorlarning soni cheklanganiga sabab Mbappening transfer narxi va maoshi “kosmik” darajada qimmat.
Mbappening fikricha, PSJ unga xiyonat qilgan. Sababi, klub rahbariyati may oyida shartnomani uzaytirishdan oldin futbolchiga bir qancha va’dalar bergan va ularning aksariyatini amalga oshirishning iloji bo‘lmagan.
Shuningdek, “L'Equipye” nashriga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi kelishuv e’lon qilinganidek 2025 yilgacha emas, balki 2024 yilgacha uzaytirilgan. Mbappe o‘z shahri jamoasiga xayrixohlik va minnatdorlik belgisi sifatida 2025 yil yozilgan futbolka bilan suratga tushishga rozi bo‘lgan.
Mbappe hali ham “Real”da o‘ynashni istashi aytilmoqda. Madrid klubi bunga qanday munosabat bildirishi hozircha noma’lum. Biroq Mbappe uchun “Real Madrid” eshiklari butunlay yopiq emas. Bu haqda klub a’zolari yig‘ilishida prezident Florentino Peres aytgan.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Mbappe PSJ safida barcha turnirlar doirasida 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urgan. "Transfermarkt" portali fransiyalik iqtidor egasini 160 million yevroga baholamoqda.
LiveBarchasi