Mbappe yana bir tarixiy natijani qayd etdi

Sport

image

Fransiya 1-ligasining 26-turidan o‘rin olgan o‘yinda “Monpele” va PSJ jamoalari to‘qnash keldi. “Stad de la Mosson” stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda PSJ mezbonlarni 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Uchrashuvda parijliklar hujumchisi Kilian Mbappe 3 ta gol urdi. Ushbu xet-trik evaziga Mbappe PSJ safida barcha musobaqalardagi gollari sonini 250 taga yetkazdi. Shunday qilib, 25 yoshli futbolchi Parij klubi tarixida 250 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan birinchi futbolchiga aylandi.

Hozirda Kilian 188 ta gol bilan Fransiya chempionati to‘purarlari ro‘yxatida 8-o‘rinni egallab turibdi. Buning uchun forvardga 241 ta uchrashuv yetarli bo‘ldi. Bu borada Mbappe 425 o‘yinda 187 gol urgan “Lion” va “Srvena zvezda”ning sobiq hujumchisi Flori Di Nalloni ortda qoldirdi.

Ma’lumot uchun, Fransiya chempionatining ortda qolgan 26 ta turidan so‘ng, PSJ 59 ochko jamg‘arib, yetakchilik qilmoqda. Parijliklarning eng ta’qibchisi “Brest” hisobida esa 47 ochko mavjud. Chempionat yakunlanishiga yana 8 ta tur o‘yini qoldi.


Maqola muallifi

Teglar

Kilian Mbappe PSJ

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing