Mbappe yaqin soatlarda “Real”ga o‘tadi – manba

Sport

image

Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” klubi Madridning “Real” klubi hujumchi Kilian Mbappening transferi borasida kelishib oldi. Bu haqda “Goal.com” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Fransiya termasining yulduzi ispan grandi bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Parijliklar rahbariyati kelasi yozda futbolchini tekinga boy bermaslik uchun transfer borasida “qirollik klubi”ga yon berishga majbur bo‘ldi.

Kilian Mbappe “Real” bilan uzoq muddatli shartnoma imzolamoqchi. Qayd etilishicha, Mbappe Madrid klubidagi debyutini 12 avgust kuni Ispaniya La ligasining 1-turida “Atletik Bilbao”ga qarshi o‘yinda o‘tkazishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mbappening surati PSJ klubining rasmiy sayti muqovasidan olib tashlangani xabar qilingandi. Hozirda klub saytining yangi posterida Neymar, Marko Veratti, Markinos, Lyuka Ernandes va Li Kan Inni ko‘rish mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Real Kilian Mbappe

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing