Mbappe vakillari “Al-Hilol”ning taklifiga moyil. “Real” esa jim
Sport
−
26 iyul 2023 4946 1 daqiqa
PSJ hujumchi Kilian Mbappeni transferga qo‘yganidan so‘ng, parijliklarga 300 million yevrolik taklif bilan chiqqan Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi bilan muzokaralarni boshladi. Bu haqda AS xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, futbolchi transfer amalga oshirilgan taqdirda Mbappe tijorat shartnomalari evaziga yiliga 700 million yevro ishlab olishi mumkin.
Muzokaralarda moliyaviy masaladan tashqari, tomonlar shartnoma muddatini muhokama qilmoqda. Saudiya klubi futbolchiga ikki yillik shartnoma taklif etyapti. Futbolchi esa bir yillik shartnoma tuzishni istayapti.
Qayd etilishicha, PSJ Mbappeni 300 million yevroga sotsa, futbolchining Saudiya Arabistonidagi maoshi 400 million yevroni tashkil qiladi. Futbolchi atrofidagilar parijliklar oladigan summani kamaytirish orqali Kilianning daromadi 500 millionga ko‘tarilishini xohlaydi. “Real Madrid” esa shu yozda fransiyalik futbolchini sotib olishga urinib ko‘radimi yoki yo‘q, hozircha noma’lum.
Live
Barchasi