Mbappe va uning onasi korrupsiya bo‘yicha tergov doirasida so‘roq qilindi

Sport

−

image

“Real Madrid” jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe va uning agenti bo‘lgan onasi Fayza Lamari Fransiyada korrupsiyaga oid tergov doirasida so‘roq qilindi. Bu haqda “L’Équipe” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Lamari pora berishda gumon qilinmoqda. Tergovchilar futbolchining o‘zi ham moliyaviy operatsiyaga aloqador bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini tekshirmoqda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Fransiya terma jamoasining sobiq xavfsizlik xizmati rahbari Muhammad Sanhaji Mbappening onasi uchun to‘rtta kirish vizasini rasmiylashtirish jarayonini tezlashtirishga yordam bergan. Tergovchilar futbolchi tomonidan mansabdor shaxsning hisob raqamiga o‘tkazilgan 60 300 yevro mablag‘ bilan bog‘liq holatni ham o‘rganmoqda.

Muhammad Sanhaji Fransiyada olib borilayotgan keng ko‘lamli korrupsiyaga qarshi tergovning muhim figurantlaridan biri hisoblanadi. Mazkur ish doirasida avvalroq boshqa taniqli futbolchilar, jumladan, Fransiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Frank Riberi ham so‘roq qilingan.

Ma’lumot uchun, hozircha Kilian Mbappe yoki uning onasining aybdorligi rasman tasdiqlangani yo‘q. Tergov davom etmoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing