Mbappe va PSJ o‘rtasida mojaro kelib chiqdi

Sport

image

PSJ futbolchisi Kilian Mbappe Fransiya chempionati doirasida “Tuluza”ga qarshi o‘yin oldidan klub prezidenti Nosir Al-Xelayfi bilan kelishmay qoldi. Bu haqda “Le Parisien” xabar berdi.

Uchrashuv 12 may kuni Parijda bo‘lib o‘tdi va “Tuluza”ning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Futbolchi o‘z postida murabbiylar, sport direktorlari, muxlislar va futbolchilarni qayd etdi, biroq klub prezidentiga minnatdorlik bildirmadi. Shuning uchun, Xelayfi “Tuluza”ga qarshi o‘yin oldidan Mbappega nega minnatdorlik postida prezident nomini tilga olmaganini so‘ragan va shundan so‘ng futbolchi va prezident bir-biriga baqirgan.

Ma’lumot uchun, Mbappe 25 yoshda va 2017 yilning yozidan buyon PSJda o‘ynamoqda. Jamoa tarkibida futbolchi besh karra Fransiya chempioni, uch karra mamlakat kubogi va superkubogi sohibiga aylandi va ikki marta Liga kubogini qo‘lga kiritdi. Bungacha futbolchi “Monako” safida to‘p surgan va monakoliklar bilan ham Fransiya chempionligini qo‘lga kiritgan. Mbappe Fransiya terma jamoasi bilan birgalikda 2018 yilda Rossiyada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida g‘olib chiqdi va 2022 yilda Qatarda o‘tkazilgan mundialda kumush medalni qo‘lga kiritdi. 2021 yilda terma jamoa tarkibida forvard Millatlar ligasida zafar quchdi.

Mbappe joriy mavsum oxirida PSJni tark etadi. Qayd etilishicha, futbolchi o‘z qarori haqida Fransiya klubi prezidentini xabardor qilgan. Mbappe Ispaniyaning “Real Madrid” klubi bilan shartnoma imzolaydi. Futbolchi 2024 yilning yozida erkin agent sifatida Madrid klubiga o‘tadi. Kilian “Real” bilan 2028/29 yilgi mavsum oxirigacha shartnoma tuzadi.


Maqola muallifi

Teglar

Kilian Mbappe PSJ Nosir Al-Xelayfi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made