Mbappe va Bellingem Ispaniyani tark etdi
Sport
−
20:00 1166 1 daqiqa
“Real Madrid”ning fransiyalik hujumchisi Kilian Mbappe va angliyalik yarim himoyachisi Jud Bellingem sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarni hal qilish Ispaniyani tark etdi. Bu haqda AS nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Real Madrid” Mbappeni qo‘shimcha tekshiruv uchun Parijga, Bellingemni esa Londonga yuborgan. Avvalroq fransiyalik futbolchi 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etishni rejalashtirgani bois, Mbappening tizzasidagi muammolarni jarrohlik yo‘li bilan emas, balki konservativ davolash orqali hal qilish ko‘zda tutilgani xabar qilingan edi. Bellingemning esa aprel oyida maydonga qaytishi kutilmoqda.
“Real Madrid” futbolchilarning to‘liq tiklanishiga yetarli vaqt bermasa, bu ularning jismoniy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu sababli Mbappe va Bellingem ham hech qanday tavakkal qilishni istamayapti va tiklanish jarayonini shoshiltirmaslik tarafdori.
Ma’lumot uchun, La Liga 26-turidan so‘ng, “Real Madrid” 60 ochko to‘plab, peshqadam “Barcyelona”dan to‘rt ochko ortda qolmoqda.
Live
Barchasi