Mbappe tez orada “Real”ga o‘tadi

Sport

image

Madrid “Real” klubi PSJ bilan Kilian Mbappening transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda “PSG Community” xabar berdi.

PSJ xo‘jayini Tamim bin Hamad Al-Tani “Real” prezidenti Florentino Peres bilan muzokaralardan so‘ng futbolchini sotishga rozi bo‘ldi.

Transferning umumiy summasi 250 million yevroni tashkil qiladi. 200 million yevro darhol to‘lanadi, yana 50 million yevro futbolchi o‘ynagan o‘yinlari va “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritsa, bonus sifatida taqdim etiladi.

Mbappening PSJ bilan joriy shartnomasi 2024 yilga qadar mo‘ljallangan.

Kilian o‘tgan mavsumda Liga 1 da 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 29 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Real Kilian Mbappe

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made