Mbappe “Real Madrid”da mavsum futbolchisi deb topildi

Sport

image
Fransiyalik hujumchi Kilian Mbappe “Real Madrid”da 2025-2026 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

27 yoshli futbolchi ushbu sovrinni ketma-ket ikkinchi mavsum qo‘lga kiritmoqda.
Mbappe ortda qolgan mavsum La Ligada 31 ta uchrashuvda 25 ta gol urib, mavsumning eng yaxshi to‘purariga aylandi.

Shuningdek, fransuz hujumchisi joriy Chempionlar ligasida ham eng sermahsul futbolchi bo‘ldi – u musobaqada 15 ta gol urdi. “Real Madrid” esa turnirning chorak finali o‘z yurishini to‘xtatgandi.

Madridliklar 2025-2026 yilgi mavsumni sovrinsiz yakunladi. Jamoa Ispaniya chempionatida ikkinchi o‘rinni egalladi, Chempionlar ligasini tark etdi, Ispaniya Superkubogi finalida “Barselona”ga mag‘lub bo‘ldi hamda mamlakat Kubogining 1/32 finalida “Albasete”ga yutqazdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Chelsi”ning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso Kilian Mbappeni London klubiga olib o‘tishga qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgan edi.

Maqola muallifi

Teglar

Kilian Mbappe La Liga “Real Madrid”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing