Mbappe “Real” futbolchisi sifatida tanishtirildi
Sport
−
16 iyul 2024 7731 1 daqiqa
Bugun, 16 iyul kuni fransiyalik hujumchi Kilian Mbappe “Real Madrid” futbolchisi sifatida tanishtirildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Kilian Mbappening “Real”dagi rasmiy taqdimoti jamoa uy stadioni “Santyago Bernabeu” stadionida bo‘lib o‘tdi. 25 yoshli futbolchi qaymoqranglilar safida 9-raqam ostida to‘p tepadi.
Hujumchining klubdagi maoshi yiliga 30 million yevroni tashkil etadi. Futbolchi gollari soni va ko‘rsatgan sermahsulligiga qarab qo‘shimcha bonuslar oladi. Uning “Real” bilan shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda 25 yoshli hujumchi barcha turnirlarda 48 ta o‘yin o‘tkazib, 44 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025