Mbappe “Real”dan ketishi mumkin
Sport
−
29 Oktabr 2024 27017 1 daqiqa
25 yoshli fransiyalik hujumchi Kilian Mbappe tez orada “Real”ni tark etishi mumkin. Bu haqda “Defensacentral” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Mbappe PSJdan ko‘chib o‘tganidan keyin o‘zini klubda baxtli his qilmayapti va u hali unga qo‘yilgan umidlarni oqlamayotganini tushunmoqda. Angliya grandi “Liverpul” bundan unumli foydalanishga tayyor. “Qizillar” transfer taklifini tayyorlamoqda va yulduz uchun “Real”ga 150 million yevro taklif qilishi mumkin.
La Liganing joriy mavsumida Mbappe “Real” safida 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi.
Qayd etilishicha, “Liverpul”ning so‘nggi yillardagi yetakchisi va asosiy yulduzi Muhammad Saloh yozda jamoani tark etishi mumkin. Shuning uchun ham “mersisaydliklar” Mbappe transferiga kuch bermoqchi.
Mbappe shu yozda “Real Madrid” jamoasiga kelib qo‘shildi va erkin agent sifatida shartnoma imzoladi.