Mbappe “Real”da o‘ynash uchun pozitsiyasini o‘zgartirmoqchi
Sport
−
24 aprel
2369PSJning fransiyalik hujumchisi Kilian Mbappe “Real”da markaziy hujumchi sifatida o‘ynaydi. Bu haqda “Footmercato” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, hujum qanotida o‘ynashga o‘rganib qolgan Mbappe Karlo Anchelotti jamoasida mamnuniyat bilan markaziy hujumchi vazifasini bajaradi. Fransuz futbolchisi “Real”da o‘ynash uchun sevimli pozitsiyasidan voz kechishga tayyor, shuningdek, markaziy hujumda o‘ynash futbolchi uchun “Oltin butsa” va “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritish imkoniyatini oshiradi.
Ma’lumot uchun, Kilian 2018 yildan beri PSJda o‘ynab kelmoqda. Hujumchining klub bilan shartnomasi 2024 yilgacha mo‘ljallangan. Ayni damda futbolchining transfer qiymati 180 million yevroga baholanmoqda, bu mavsumda Mbappe barcha turnirlarda 42 ta o‘yinda qatnashib, 41 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
LiveBarchasi