Mbappe PSJdagi “Argentina Respublikasi”ni ag‘darmoqchi

Sport

image

Fransiya terma jamoasi va PSJ hujumchisi Kilian Mbappe kiyinish xonasida shakllangan argentinaliklar guruhidan norozi. Bu haqda “UOL Esporte” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 23 yoshli hujumchi PSJ klubi bilan yangi shartnoma imzolaganidan keyin o‘zini boshqacha tuta boshlagan. Jamoadoshlari endi hujumchini “aynigan” va “chidab bo‘lmas” deya ta’riflaydi.

Qayd etilishicha, Mbappe parijliklar prezidenti Nosir Al-Xelayfiydan kiyim almashtirish xonasida tuzilgan “Argentina Respublikasi” futbolchilarini tarkibdan olib tashlashni so‘ragan.

Mbappening tarkibiga Lionel Messi, Anxel Di Mariya, Mauro Ikardi va Leandro Paredes kirgan, shuningdek, ushbu guruh bilan yaqindan muloqot qilgan Ander Errera, Keylor Navas va Neymar ham 23 yoshli futbolchining ro‘yxatidan joy olgan.

Ta’kidlash joizki, PSJ futbolchilari o‘rtasidagi nizo anchadan buyon davom etib kelmoqda. Neymar jamoada Mbappening asosiy penalti amalga oshiruvchi bo‘lishiga ochiqchasiga norozilik bildirgan bo‘lsa, Kilian Parij klubi rahbariyatini braziliyalik hujumchini sotib yuborishga ko‘ndirishga uringan. Keyinchalik PSJ sport direktori futbolchilar o‘rtasidagi nizoni bartaraf etgani to‘g‘risida xabarlar paydo tarqalgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Kilian Mbappe

Baholaganlar

938

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing