Mbappe PSJ bilan qachon xayrlashadi?

Sport

image

PSJ yulduzi Kilian Mbappe 12 may kuni Liga 1ning 33-turidan o‘rin olgan o‘yinda klub muxlislari bilan xayrlashadi. Bu haqda “L'Equipe” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Tuluza”ga qarshi o‘yin Mbappe uchun Fransiya chempionitidagi so‘nggi uy o‘yini bo‘ladi.

Mbappening PSJ bilan shartnomasi iyun oyida tugaydi va u erkin agent sifatida “Real”ga o‘tadi. Killian qirollik klubi bilan 2029 yilning yoziga qadar shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Mbappe 2018 yilning yozidan buyon PSJda o‘ynab kelmoqda. Parij klubi uni “Monako”dan 180 million yevroga sotib olgan. Umumiy hisobda, u PSJ safida barcha musobaqalarda 306 o‘yinda maydonga tushib, 255 gol urdi va 108 golga assistentlik qildi. Kilian klub tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi.

PSJ muddatidan avval Fransiya chempionligini qo‘lga kiritdi. Yevropa Chempionlar ligasida Luis Enrike shogirdlari kutilmaganda Dortmundning “Borussiya” jamoasidan yarim finalda mag‘lub bo‘ldi va musobaqani tark etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Mbappe Borussiya Luis Enrike

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing