Mbappe xayrlashuv marosimiga Makronni taklif etdi

Sport

image

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe klubdan ketishi munosabati bilan Parij markazida 250 kishi uchun xayrlashuv kechki ovqatini tashkil qildi. Bu haqda “L’Equipe” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, kechki ovqatga taklif etilganlar orasida Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron ham bor edi.

2024 yilning yozida 25 yoshli futbolchining parijliklar klubi bilan shartnomasi tugaydi va u erkin agent sifatida “Real”ga o‘tadi. Mbappe “qaymoqranglilar” bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi. Hujumchi “Real”da yiliga 15 million yevro oladi – bu PSJdagi maoshidan kamroq. Bu holatda futbolchi 150 million yevro miqdoridagi bonusga ega bo‘ladi, futbolchining transferi haqidagi xabar iyun oyida e’lon qilinishi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, Mbappe “Real” bilan 2029 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi. O‘z navbatida, “qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres Karlo Anchelottining murabbiylar shtabiga Mbappe “Real Madrid”ning yangi futbolchisiga aylanishi haqida aytib o‘tgan.

Joriy mavsumda Mbappe PSJ safida 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 44 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Fransiya chempionati yakunlariga ko‘ra, hujumchi 27 gol va 7 golli uzatma bilan chempionat to‘purari deb topildi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Real Kilian Mbappe Emmanuel' Makron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing