Mbappe Ozarbayjonga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuborishi mumkin
Sport
−
08 Oktabr 2025 1730 2 daqiqa
Kilian Mbappe Fransiya terma jamoasining Klerfontenda bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotida qatnashmadi. “Real Madrid” hujumchisi o‘tgan hafta oxirida “Vilyarreal”ga qarshi o‘yinda o‘ng to‘pig‘idagi noqulaylikdan shikoyat qilgan edi. Futbolchi jarohati sabab Ozarbayjonga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda AS xabar berdi.
Jahon chempionati sovrindori tibbiy shtab tomonidan tuzilgan reja asosida dam olish kunini o‘tkazdi. Ozarbayjonga qarshi o‘yinda maydonga tushishga tayyormi yoki yo‘qligi hali noma’lum. Fransiya futbol federatsiyasi Mbappe bilan bir qatorda, “Liverpul” himoyachisi Ibraima Konatega nisbatan ham ehtiyotkorlik bilan yondashmoqda. Ikkala futbolchiga ham jarohat xavfini oshirmaslik maqsadida sport zalida individual mashg‘ulotlar belgilandi.
Shuningdek, federatsiya o‘ng oyog‘idagi og‘riq tufayli yig‘inni tark etgan Bredli Barkoladan farqli ravishda, Mbappening holati jiddiy emasligi bildirilmoqda.
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham bu borada quyidagicha izoh berdi:
“Men u bilan gaplashdim. U bu yerda, kichik muammosi bor xolos. Aks holda u yig‘inga kelmagan bo‘lardi. Tibbiy guruh bilan vaziyatni baholaymiz va keyin qaror qabul qilamiz”, deydi Desham.
Shuningdek, Desham Ozarbayjon va Islandiyaga qarshi o‘yinlarda rotatsiya qo‘llanishini, Mbappe esa ortiqcha xavf ostida qolmasligini ta’kidladi:
“Real Madrid” hujumchisi jarohat sabab “Vilyarreal” bilan o‘yin to‘liq harakat qilmagan bo‘lsa-da, terma jamoa yig‘inida bo‘lishni istadi. U mashg‘ulotda o‘zini sinovdan o‘tkazadi va shundan so‘ng tibbiy xodimlar bilan birgalikda terma jamoa yig‘iniga qaytish yoki Madridga tiklanish uchun qaytish bo‘yicha qaror qabul qilinadi".
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona” hujumchisi Lamin Yamal yana chov sohasida noqulaylik his qilmoqda va shu sababli 2-3 hafta davomida maydonga tusha olmasligi sabab futbolchi Ispaniyaning FIFA kunlari uchun e’lon qilingan kengaytirilgan tarkibdan chiqarib yuborilgan edi.