Mbappe ota vatanida Kim Chen Indek kutib olindi (video)

Sport

image

Fransiyaning PSJ klubi hujumchisi Kilian Mbappe Kamerunda prezidentlardek kutib olindi. Bu haqda “AfrecanNews” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, futbolchi Kamerunga bo‘lgan birinchi katta tashrifi chog‘ida o‘zi tomonidan ajratilgan mablag‘lar asosida qayta ta’mirlangan kar va eshitish qobiliyati zaiflar uchun maktabga borgan va o‘quvchilar bilan uchrashgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoga ko‘ra, Mbappe kelgan mashinalar korteji Kamerun Milliy xavfsizlik qo‘shinlari va qurollangan mahalliy politsiya tomonidan zirhli transport vositalarida qo‘riqlangan holda mazkur maktabga olib borilgan.

Sportchining “Real Madrid” klubiga o‘tishi haqida sirtdan tarqalgan xabarlarga ijobiy reaksiya berayotgan qishloq aholisi “Bo‘lajak “Real” futbolchisi ota yurtingga xush kelibsan, biz seni Madridda ko‘rishni istaymiz”, kabi so‘zlar yozilgan bannerlarni ko‘targan holda kutib olgan.

Shuningdek, u Kamerunga safari chog‘ida sobiq UFC chempioni Frensis Ngannu bilan ham uchrashgan, va birga tushlik qilgan.

“Chempion bilan Kamerunning eng mashhur taomi – “ndole” tanovvul qildik, bu juda ajoyib edi”, deydi MMA jangchisi.

Ma’lumot uchun, Mbappening Parij klubi bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi. 24 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda barcha musobaqalarda 43 o‘yinda 41 ta gol urib, 10 ta golga hammualliflik qilgan. “Transfermarkt” portali uni 180 million yevroga baholagan.


Maqola muallifi

Teglar

Kamerun Kilian Mbappe PSJ UFC Frensis Ngannu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made