Mbappe “Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogar kimligini aytdi

Sport

image

Fransiya terma jamoasi va “Real Madrid” klubi futbolchisi Karim Benzema 2022 yilda “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritish uchun asosiy favorit. Bu haqda “L'Equipe” nashri PSJ hujumchisi Kilian Mbappening so‘zlariga tayanib, xabar berdi.

“Karim Benzema 34 yoshda va hayotidagi asosiy mavsumini o‘tkazdi. Benzema Yevropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi va u bu muvaffaqiyatning asosiy yaratuvchisiga aylandi. Agar Karimning o‘rnida bo‘lganimda va sovrin olmaganimda “Oltin to‘p”ni bir umrga unutgan bo‘lardim”, degan Mbappe.

Avvalroq, “France Football” bu yilgi “Oltin to‘p”ga nomzod 30 nafar futbolch nomini e’lon qildi. Messi bu ro‘yxatga 2005 yildan beri kiritilardi. Ammo bu yil argentinalik futbolchiga nomzodlar qatoridan joy topilmagan.

Ma’lumot uchun, Benzema 2009 yilning yozida “Lion”dan “Real”ga o‘tgan edi. Hozirda Karim Madrid jamoasi sardori hisoblanadi. Fransiyalik futbolchining madridliklar bilan shartnomasi 2023 yilning iyun oyi oxirigacha imzolangan.


Maqola muallifi

Teglar

Kilian Mbappe Karim Benzema “Real Madrid”

Baholaganlar

191

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing