Mbappe Niderlandiyaga qarshi o‘yinda zaxirada qoladi

Sport

image

Fransiya terma jamoasi sardori Kilian Mbappe Yevropa chempionati 2-turi doirasidagi Niderlandiyaga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushmaydi. Bu haqda “L’Equipe” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Mbappe Yevropa chempionatining Avstriya bilan ochilish o‘yinida (1:0) burnini sindirganidan so‘ng, Niderlandiyaga qarshi bahs oldidan maxsus niqobda mashq qilgan. Uchar gollandlar bilan o‘yinda Kilianning maydonga tushish ehtimoli ham juda past.

Qayd etilishicha, burnining sinishi hozirda 25 yoshli fransiyalik futbolchining normal mashg‘ulot o‘tkazishiga to‘sqinlik qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Niderlandiya-Fransiya o‘yini bugun Toshkent vaqti bilan 23:55 da boshlanadi. Uchrashuv g‘olibi “D” guruhi peshqadamiga aylanadi va muddatidan avval Yevro-2024 pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.


Maqola muallifi

Teglar

Kilian Mbappe Evropa chempionati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing