Mbappe nega Zidan bilan kamroq ko‘rishishga harakat qiladi?
Sport
−
19 mart
4702“Real” va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe nima uchun “Real”ning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan bilan nega imkon qadar kamroq ko‘rishishga harakat qilishi sababini aytdi.
“Oxirgi paytlarda men Zidan bilan tez-tez yo‘limni kesib o‘tmaslikka harakat qilyapman, chunki uning terma jamoa bosh murabbiyiga aylanishi haqidagi mish-mishlarni kuchaytirmoqchi emasman”, deydi Mbappe.
Hozirda OAVda Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham terma jamoani tark etishi, Zidan esa uning o‘rniga kelishi haqida xabarlar tarqalmoqda.
Ma’lumot uchun, Zinedin Zidan murabbiylik faoliyati davomida faqat “Real Madrid” klubida ishlagan, u 2016 yildan 2018 yilgacha va 2019 yildan 2021 yilgacha Madrid jamoasini boshqargan. Fransiyalik murabbiy “qaymoqranglilar” bilan birgalikda ikki karra Ispaniya chempioni, ikki karra Ispaniya Superkubogi va uch karra Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘ldi.