Mbappe “Levante”ga qarshi o‘yinda maydonga tushmaydi – OAV
Sport
−
16 yanvar 585 1 daqiqa
“Real Madrid” hujumchisi Kilian Mbappe Ispaniya chempionatining 20-turi doirasida “Levante”ga qarshi bahsda maydonga tushmaydi. Bu haqda “L’Equipe” nashri xabar bermoqda.
Fransiyalik futbolchi avvalroq Ispaniya Kubogining 1/8 final bosqichida “Albasete”ga qarshi uchrashuvni ham o‘tkazib yuborgandi. O‘sha uchrashuvda “qirollik klubi” ikkinchi divizion vakiliga 3:2 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Mabappe o‘tgan yilning 31 dekabr kuni Madrid klubi mashg‘ulotlarida chap tizzasidan jarohat olgan. Shundan so‘ng hujumchi faqat Ispaniya Superkubogi finalida “Barselona”ga qarshi o‘yinda (2:3) zaxiradan maydonga tushdi.
“Real Madrid”ning “Levante”ga qarshi uchrashuvi ertaga, 17 yanvar kuni “Santyago Bernabeu” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 18:00 boshlanadi.
Ma’lumot uchun, Mbappe joriy mavsumda “Real Madrid” safida barcha musobaqalarda 25 ta uchrashuvda 29 ta gol urib, 4 ta golli uzatma amalga oshirdi. Madridliklar esa ayni damda La Liga turnir jadvalida 45 ochko jamg‘argan holda “Barselona”dan keyin ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
Live
Barchasi