Mbappe La Liganing eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi bo‘lolmadi

Sport

image

Kataloniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachisi Frenki de Yong Ispaniya La Ligasining 2024/2025 yilgi mavsumida eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylandi. Bu haqda “Kapology ” moliyaviy portali xabar berdi.

Niderlandiyalik futbolchining soliqlardan tashqari maoshi yiliga 37,5 million yevroni tashkil qiladi. 2-o‘rinda Kataloniya jamoasining polshalik hujumchisi Robert Levandovski egalladi. Uning maoshi yiliga 33,3 million yevro qilib belgilangan. 3-o‘rinni “Real”ning yangi futbolchisi Kilian Mbappe band etdi. U “qirollik klubi”da mavsumiga 31,3 million yevro maosh oladi.

Bu borada top-10'ga yana 5 nafar “qaymoqranglilar” futbolchisi kiritildi. “Real”dan David Alaba 4-o‘rin, Jud Bellingem 6-o‘rin, Vinisius Junior 7-o‘rin, Federiko Valverde 9-o‘rin va Tibo Kurtua 10-o‘rinda qayd etildi. 5-o‘rinda “Atletiko Madrid” klubining sloveniyalik darvozaboni Yan Oblak egalladi. 8-pog‘onada esa “Barselona” yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Real Kilian Mbappe Frenki de Yong

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made