Mbappe Ispaniyaga qarshi maydonga tushadimi?

Sport

image

Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Ispaniya terma jamoasiga qarshi futbol bo‘yicha Yevropa chempionati yarim final uchrashuvida ishtirok etadi. Bu haqda Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham ma’lum qildi.

“Mbappe Portugaliyaga qarshi o‘yinda o‘zining eng yaxshi o‘yinini ko‘rsata olmadi, ammo u keyingi o‘yinda maydonga tushadi. Biz uni bu o‘yinda o‘zini ijobiy tomondan ko‘rsatishi uchun qo‘limizdan kelganini qildik”, deydi Desham.

Fransiya terma jamoasi ustozi Mbappe imkon qadar tezroq himoya niqobida o‘ynashga moslashishi kerakligini qo‘shimcha qildi. 

“Kilian uchun bu yangi sinov, niqob uning maydonni ko‘rishiga ta’sir qiladi. U bunga ko‘nikishi kerak, chunki u keyingi bir necha hafta yoki hatto oylar davomida niqob kiyishiga to‘g‘ri keladi”, deydi Desham.

Umuman hisobda Mbappe turnirda 4 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol va golli uzatmaga mualliflik qildi. Yevrodan oldingi  yirik jahon turniri – 2022 yilda Qatarda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida Mbappe 7 ta uchrashuvda 8 ta gol urib, eng yaxshi to‘purarga aylangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Kilian Mbappe

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing